OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
BANK KASSALARIDAGI NAQD PUL QOLDIQLARIGA LIMITLAR BELGILASh VA
ULARGA RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
ULARGA RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 21-iyulda 1598-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/15-sonli “Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1598-3, 01.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-sonli “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-iyul,
16 / 7-son
Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va
ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-sonli qaroriga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan boʻlib, bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar oʻrnatish va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartib-qoidalarini belgilab beradi.
I. Umumiy tushunchalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushuncha va terminlardan foydalaniladi:
Maksimal limit — Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kassa markazlari hamda tijorat banklari va ularning filiallari aylanma kassalarida kun oxirida qolishi mumkin boʻlgan naqd pul qoldigʻining eng yuqori chegarasini belgilaydigan meʼyordir.
Keyingi tahrirga qarang.
Minimal limit — tijorat banklari va ularning filiallarida naqd pul zaxirasiga oʻrnatiladigan meʼyor boʻlib, uning quyi chegarasi — bank kassalaridan qilinadigan oʻrtacha bir kunlik naqd puldagi chiqimlar doirasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus dastur — bank kassalariga naqd pul qoldiqlari boʻyicha oʻrnatilgan limitlarga rioya etilishini kunlik monitoring qilish va nazoratga olish maqsadida Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan dastur.
II. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar oʻrnatish tartibi
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi har bir tijorat banki (filiali) aylanma kassalariga va naqd pullar zaxirasiga hamda Markaziy bankning har bir hududiy Bosh boshqarmasidagi aylanma kassalarga va naqd pullarning zaxira fondlariga naqd pullar qoldiqlari boʻyicha limitlar belgilanishi shart.
3. Banklar aylanma kassalaridagi naqd pullar qoldigʻining maksimal limitlari va naqd pullar zaxirasining minimal limitlari — Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari (keyingi matnlarda — MB HBB) tomonidan tijorat banki bilan kelishilgan holda oʻrnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Aylanma kassadagi naqd pullar qoldigʻiga limit — kun oxirida bank aylanma kassasida qolishi mumkin boʻlgan naqd pul qoldigʻi summasiga nisbatan oʻrnatiladi va u tijorat banklari tomonidan MB HBBlariga taqdim etiladigan hisob-kitob asosida oʻrnatiladi.
4. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi kassirlariga hisobdorlik sharti bilan berilgan naqd pullar summasi — bank boʻlimi aylanma kassasi qoldigʻiga oʻrnatilgan limit summasiga kiritilmaydi.
5. MB HBB aylanma kassalaridagi naqd pullar qoldigʻiga va naqd pullar zaxira fondlariga limitlar — Markaziy bank tomonidan, har bir hududning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda belgilanadi va lozim boʻlgan taqdirda oʻzgartiriladi.
6. Kun oxiriga aylanma kassada qolayotgan naqd qogʻoz pullar va tangalar qoldiq summasi — bank aylanma kassasi qoldigʻiga oʻrnatilgan limitdan oshmasligi lozim.
Banklar aylanma kassalari uchun belgilangan limitdan ortiqcha pullar, naqd pullar zaxirasiga, Hisob-kitob kassa markazi aylanma kassasidagi limitdan ortiqcha pullar esa naqd pullar zaxira fondiga shu kuni oʻtkazilishi shart.
7. Tijorat banklari (filiallari) oʻzlarining naqd pullar zaxirasini, zarurat boʻyicha ixtiyoriy tarzda tasarruf etadilar.
Markaziy bankning HBBda tashkil etilgan naqd pullarning zaxira fondlari — faqat Respublika Markaziy banki tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida, ruxsatnomada belgilangan summa doirasidagina chiqim qilinishi mumkin.
8. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar oʻrnatish, ularni oʻzgartirish va unga rioya etilishiga doir barcha yozishma, topshiriq va koʻrsatmalar faqat birinchi boshqarma orqali yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Markaziy bank va MB HBB naqd pullar oqimi, harakati, bank kassalari orqali kirim-chiqimi, naqd pul qoldiqlari boʻyicha oʻrnatilgan limitlarga rioya etilishi hamda naqd puldagi hisob-kitoblarning holati boʻyicha toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilgan holda, shuningdek, muomaladagi naqd pullardan oqilona foydalanish maqsadida naqd pullarni hududlar va tijorat banklari (filiallari) oʻrtasida qayta taqsimlaydilar.
III. Bank kassalaridagi naqd pullar qoldiqlariga belgilangan limitlarga rioya etilishini nazorat qilish
10. Bank kassalaridagi naqd pullar qoldiqlariga belgilangan limitlarga rioya etilishi Markaziy bankning Pul muomalasi departamenti tomonidan maxsus dastur orqali nazorat qilinadi.
Belgilangan limitlarga rioya etilishini monitoringi va nazorati MB HBB va har bir tijorat banki (filiali) boʻyicha olib boriladi.
11. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga oʻrnatilgan limitlarga doir maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilishi lozim.
12. Tijorat banklari (filiallari) har oyda bir marta, keyingi oyning ikkinchi ish kunidan kechiktirmagan holda, MB HBBga kassa qoldiqlariga oʻrnatilgan limitlarga hisobot oyi davomida rioya etilishi boʻyicha belgilangan shaklda hisobot berib boradilar.
MB HBB oʻz navbatida, keyingi oyning beshinchi sanasigacha oʻz hududlaridagi tijorat banklari (filiallari) tomonidan oʻrnatilgan kassa qoldigʻi limitlariga hisobot oyi davomida rioya etilishi boʻyicha umumlashgan maʼlumotlarni Respublika Markaziy bankiga taqdim etadilar.
13. Maxsus dastur yordamida va joriy etilgan hisobot boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar tahlili asosida bank kassalariga oʻrnatilgan limitlarga rioya etilishi holati boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar Markaziy bank rahbariyatiga taqdim etib boriladi.
14. Bank kassalariga oʻrnatilgan limitlarga rioya etilishini taʼminlamagan tijorat banklari (filiallari) rahbarlari va masʼul xodimlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 287-modda; 2008-y., 17-son, 142-modda; 2009-y., 5-son, 48-modda)