Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2018 21.07.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1598
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarori, 21.07.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1598
Kuchga kirish sanasi
31.07.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2018
Hujjat 07.02.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BANK KASSALARIDAGI NAQD PUL QOLDIQLARIGA LIMITLAR BELGILASh VA
ULARGA RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 21-iyulda 1598-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/15-sonli “Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1598-3, 01.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-sonli “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 / 7-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy banki Boshqaruvining
2006-yil 14-iyuldagi 16/7-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va
ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-sonli qaroriga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan boʻlib, bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar oʻrnatish va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartib-qoidalarini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushuncha va terminlardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maksimal limit — Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kassa markazlari hamda tijorat banklari va ularning filiallari aylanma kassalarida kun oxirida qolishi mumkin boʻlgan naqd pul qoldigʻining eng yuqori chegarasini belgilaydigan meʼyor.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 18-yanvardagi 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1598-2, 28.01.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 48-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal limit — tijorat banklari va ularning filiallarida naqd pul zaxirasiga oʻrnatiladigan meʼyor boʻlib, uning quyi chegarasi — banklar mijozlarining naqd pul mablagʻlariga boʻlgan ikki kunlik ehtiyojlari darajasi doirasida belgilanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 12-apreldagi 9/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1598-1, 23.04.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 17-son, 142-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus dastur — bank kassalariga naqd pul qoldiqlari boʻyicha oʻrnatilgan limitlarga rioya etilishini kunlik monitoring qilish va nazoratga olish maqsadida Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan dastur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar oʻrnatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi har bir tijorat banki (filiali) aylanma kassalariga va naqd pullar zaxirasiga hamda Markaziy bankning har bir hududiy Bosh boshqarmasidagi aylanma kassalarga va naqd pullarning zaxira fondlariga naqd pullar qoldiqlari boʻyicha limitlar belgilanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Banklar aylanma kassalaridagi naqd pullar qoldigʻining maksimal limitlari va naqd pullar zaxirasining minimal limitlari — Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari (keyingi matnlarda — MB HBB) tomonidan tijorat banki bilan kelishilgan holda oʻrnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank belgilangan naqd pul zaxiralarining eng kam miqdorini ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorining oʻzgarishidan kelib chiqqan holda, mutanosib ravishda oʻzgartirish boʻyicha tezkor choralarni koʻrib boradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 12-apreldagi 9/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1598-1, 23.04.2008-y.) asosida ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 17-son, 142-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylanma kassadagi naqd pullar qoldigʻiga limit — kun oxirida bank aylanma kassasida qolishi mumkin boʻlgan naqd pul qoldigʻi summasiga nisbatan oʻrnatiladi va u tijorat banklari tomonidan MB HBBlariga taqdim etiladigan hisob-kitob asosida oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi kassirlariga hisobdorlik sharti bilan berilgan naqd pullar summasi — bank boʻlimi aylanma kassasi qoldigʻiga oʻrnatilgan limit summasiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. MB HBB aylanma kassalaridagi naqd pullar qoldigʻiga va naqd pullar zaxira fondlariga limitlar — Markaziy bank tomonidan, har bir hududning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda belgilanadi va lozim boʻlgan taqdirda oʻzgartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kun oxiriga aylanma kassada qolayotgan naqd qogʻoz pullar va tangalar qoldiq summasi — bank aylanma kassasi qoldigʻiga oʻrnatilgan limitdan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar aylanma kassalari uchun belgilangan limitdan ortiqcha pullar, naqd pullar zaxirasiga, Hisob-kitob kassa markazi aylanma kassasidagi limitdan ortiqcha pullar esa naqd pullar zaxira fondiga shu kuni oʻtkazilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tijorat banklari (filiallari) oʻzlarining naqd pullar zaxirasini, zarurat boʻyicha ixtiyoriy tarzda tasarruf etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bankning HBBda tashkil etilgan naqd pullarning zaxira fondlari — faqat Respublika Markaziy banki tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida, ruxsatnomada belgilangan summa doirasidagina chiqim qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar oʻrnatish, ularni oʻzgartirish va unga rioya etilishiga doir barcha yozishma, topshiriq va koʻrsatmalar faqat “Xizmat doirasida foydalanish uchun” ustxati qoʻyilgan holda va ushbu hujjatlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilgan holda yuboriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 18-yanvardagi 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1598-2-son, 28.01.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaziy bank va MB HBB naqd pullar oqimi, harakati, bank kassalari orqali kirim-chiqimi, naqd pul qoldiqlari boʻyicha oʻrnatilgan limitlarga rioya etilishi hamda naqd puldagi hisob-kitoblarning holati boʻyicha toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilgan holda, shuningdek, muomaladagi naqd pullardan oqilona foydalanish maqsadida naqd pullarni hududlar va tijorat banklari (filiallari) oʻrtasida qayta taqsimlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Bank kassalaridagi naqd pullar qoldiqlariga belgilangan limitlarga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bank kassalaridagi naqd pullar qoldiqlariga belgilangan limitlarga rioya etilishi Markaziy bankning Pul muomalasi departamenti tomonidan maxsus dastur orqali nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan limitlarga rioya etilishini monitoringi va nazorati MB HBB va har bir tijorat banki (filiali) boʻyicha olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga oʻrnatilgan limitlarga doir maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tijorat banklari (filiallari) har oyda bir marta, keyingi oyning ikkinchi ish kunidan kechiktirmagan holda, MB HBBga kassa qoldiqlariga oʻrnatilgan limitlarga hisobot oyi davomida rioya etilishi boʻyicha belgilangan shaklda hisobot berib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MB HBB oʻz navbatida, keyingi oyning beshinchi sanasigacha oʻz hududlaridagi tijorat banklari (filiallari) tomonidan oʻrnatilgan kassa qoldigʻi limitlariga hisobot oyi davomida rioya etilishi boʻyicha umumlashgan maʼlumotlarni Respublika Markaziy bankiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maxsus dastur yordamida va joriy etilgan hisobot boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar tahlili asosida bank kassalariga oʻrnatilgan limitlarga rioya etilishi holati boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar Markaziy bank rahbariyatiga taqdim etib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bank kassalariga oʻrnatilgan limitlarga rioya etilishini taʼminlamagan tijorat banklari (filiallari) rahbarlari va masʼul xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181 va 182-moddalariga muvofiq intizomiy choralar qoʻllaniladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 12-apreldagi 9/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1598-1, 23.04.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 17-son, 142-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 287-modda; 2008-y., 17-son, 142-modda; 2009-y., 5-son, 48-modda)