O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ASAL VA ASALARIChILIK MAHSULOTLARINING XARID NARXLARINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1991-yilning 1-oktabridan boshlab asalari asali va boshqa asalarichilik mahsulotlari uchun shartnomaviy narxlar belgilansin.
2. SSSR Vazirlar Kengashining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga yangi davlat xarid narxlari joriy etish to‘g‘risida” 1990-yil 9-avgustdagi 792-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashining 1990-yil 23-oktabrdagi 342-son qarorining 7-ilovasi va O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga yangi davlat xarid narxlarini joriy etish to‘g‘risida” 1991-yil 4-martdagi 52-qarorining 4-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 24-sentabr,
241-son