Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020 25.02.2004 yildagi 86-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020
Hujjat 25.02.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING NAQD MILLIY VALYUTASINI OLIB KIRISh VA OLIB ChIQIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishga doir operatsiyalar oʻtkazilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 2004-yil 1-martdan boshlab jismoniy shaxslar — rezidentlar va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi — soʻmni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va respublikadan tashqariga olib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining 50 baravaridan oshmaydigan summada ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd milliy valyutani yuqorida koʻrsatilgan summadan ortiqcha olib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi yuridik shaxslar — rezidentlar va norezidentlar tomonidan olib kirilishi va olib chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan tartib oʻrnatilsin, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi boʻlgan taqdirda vakolatli banklar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar tomonidan olib kirilishi va olib chiqilishida bojxona toʻlovlari undirilmaydi, bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat bojxona qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 25-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 96-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)