07.05.1993 yildagi 873-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.09.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“SOGʻLOM AVLOD UCHUN” ORDENINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining birinchi va ikkinchi darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Sogʻlom avlod uchun” ordeni toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birinchi va ikkinchi darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenining tasviri tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
873-XII-son

Oʻzbekiston Respublikasining
1993-yil 7-may Qonuni

bilan tasdiqlangan

“Sogʻlom avlod uchun” ordeni toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom

1. “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sogʻlom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni taʼminlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Sogʻlom avlod uchun” ordeni ikki darajadan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I daraja ordenning oliy darajasidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishda, inson ekologiyasini yaxshilashda, jismonan va axloqan sogʻlom avlodni, vatanparvarlik hamda oʻz Vatani - mustaqil Oʻzbekistonga har tomonlama sodiqlik va undan faxrlanish oliy tuygʻularini tarbiyalashda, onalik va bolalikni taʼminlash uchun munosib moddiy va maʼnaviy zamin yaratishda Oʻzbekiston davlati va xalqi oldidagi juda katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan sogʻlom avlodlarni kamol toptirish ishiga katta hissa qoʻshgan, onalik va bolalik toʻgʻrisida alohida gʻamxoʻrlik qiluvchi kishilar, nogiron va yetim bolalarning vasiylari, bolalar va onalikka nisbatan muntazam oliy xayr-ehson koʻrsatuvchi jamoat tashkilotlari, xoʻjalik tuzilmalarining vakillari mukofotlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlanganlar quyidagi huquqlarga ega boʻladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yiliga bir marta (har ikki tomonga) Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida temir yoʻl, havo yoki shaharlararo avtomobil transportida shaxsan bepul yurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar yoʻlovchilar transporti, qishloq joylarda avtomobil transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) shaxsan bepul foydalanish;

imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish va dori-darmonlarni tekin olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kvartira va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlashdan ozod boʻlish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlanganlar bir vaqtning oʻzida eng kam ish haqining 50 baravar miqdorida pul mukofoti oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlanganlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar yoʻlovchilar transporti, qishloq joylarda avtomobil transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) shaxsan bepul foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish va dori-darmonlar narxining 50 foizini toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kvartira va kommunal xizmatlar haqini 50 foiz miqdorda toʻlash huquqiga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlanganlarga bir vaqtning oʻzida eng kam ish haqining 25 baravar miqdorida pul mukofoti topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. I va II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar, fan va madaniyat muassasalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan boshqa davlatlarning fuqarolari ham mukofotlanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. I va II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni koʻkrakning chap tomonida taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Har bir mukofotlangan kishiga tegishli darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Sogʻlom avlod uchun” ordenining darajalaridan qatʼi nazar bu orden bilan takroran mukofotlanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasining

1993-yil 7-may Qonuni

bilan tasdiqlangan

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi va ikkinchi darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasviri

1. I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni oltin suvi yugurtirilgan metalldan tayyorlanib, 34 mm. diametrdagi toʻgʻri doira shakliga ega. Ordenning oʻng qismida quyoshning iliq nurlari aksida ona va bolaning qavariqli tasviri tushirilgan. Ordenning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi gerbining qavariqli tasviri va doira boʻylab “SOFLOM AVLOD UCHUN” soʻzlari yozilgan. Doiraning yuqori qismida 12 ta yulduz tasvirlangan. Orden orqa tomonining chetlari boʻrtma hoshiyalangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orden ilmoq va halqa yordamida yonlari kumush suvi yugurtirilgan dasta bilan biriktiriladi. Dastaning ichki qismi yashil rangli tovlanadigan lenta bilan oʻralgan. Lentaning oʻrtasida oltinrang oʻrik daraxtining gullab turgan shoxi oʻyib ishlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni kumush suv yugurtirilgan metalldan tayyorlanadi. Orden ilmoq va halqa yordamida yonlari oʻyma oltinrang dasta bilan biriktiriladi. Dastaning ichki qismi kumush rangli tovlanadigan lenta bilan oʻralgan. Lentaning oʻrtasida kumushrang oʻrik daraxtining gullab turgan shoxi oʻyib ishlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1993-y.,6-son, 257-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1996-y., 9-son, 141-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)