31.05.2006 yildagi PQ-362-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARINI DARSLIKLAR BILAN TA’MINLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini va 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirish doirasida respublikada davlat ta’lim standartlari, umumiy o‘rta ta’lim o‘quv rejalari va dasturlari talay darajada takomillashtirildi, ularga muvofiq zamon talablariga mos keladigan yangi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari nashr etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari, maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning tarbiyalanuvchilarini, shuningdek kam ta’minlangan oilalarning bolalarini darsliklar hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash tizimi joriy etilgan. O‘quvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash tizimi sinov tariqasida joriy etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga darsliklarni sotish mexanizmi aholining ularga bo‘lgan talab-ehtiyojini to‘la qondirishni hisobga olgan holda butun respublika hududida chakana savdoning puxta tizimini tashkil etish hamda ularni nashr etishga buyurtmanomalarni shakllantirish jarayoniga pedagoglar jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalarini keng jalb etish yo‘li bilan takomillashtirishni taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish, ularni nashr etishga buyurtmanomalarni shakllantirish mexanizmi hamda ijara tizimini, shuningdek, darsliklar chakana savdosi keng tarmog‘ini tashkil qilishni takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2006-2007 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etishga buyurtmanomalar to‘plamini shakllantirishning yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin, bunda darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarini chiqarish va sotishga yillik prognoz kvotalari pedagoglar jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida har yili o‘tkaziladigan ixtisoslashtirilgan kitob ko‘rgazma-yarmarkalari, shuningdek, umumta’lim maktablari kutubxona fondlarini xatlovdan o‘tkazish natijasida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi “O‘zkitobsavdo” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili oktabr-noyabr oylarida barcha viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida umumta’lim maktablari uchun keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarining ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-yarmarkalarini tashkil qilsin.
(1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda umumta’lim maktablari birinchi sinflarining o‘quvchilari uchun darsliklar har yili, 2—4-sinflar uchun — ikki yilda bir marta va 5—9-sinflar uchun — to‘rt yilda bir marta yangilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari hamda darsliklarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha hukumat komissiyasi (A.I. Ikromov) umumta’lim maktablari uchun yangi o‘quv rejalari, darsliklarni ekspertizadan o‘tkazish va ma’qullash chog‘ida darsliklarni yangilashning belgilangan muddatiga rioya etilishi hamda ularning mazmuni asossiz o‘zgartirilishiga barham berilishiga alohida e’tibor qaratsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi har yili 1-dekabrgacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi o‘quv yiliga tavsiya etiladigan darsliklar ro‘yxatini, shuningdek yangilangan varianti chiqarilgani munosabati bilan bekor qilingan darsliklar ro‘yxatini ota-onalarga ma’lum qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim maktablari kutubxona fondlarining zarur darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari bilan ta’minlanganligini, shuningdek, utilizatsiya qilinadigan jismoniy va ma’naviy eskirgan darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarini aniqlash maqsadida mazkur kutubxona fondlarini xatlovdan o‘tkazishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi o‘quv yili uchun o‘qitiladigan tillar, nomlar va sinflarga qarab umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarining ixtisoslashtirilgan yarmarkalari, pedagoglar jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalari fikrini o‘rganish, shuningdek xatlovdan o‘tkazish natijalari asosida predmetlar bo‘yicha darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalari chiqarish va sotishga prognoz kvotalari shakllantirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan darsliklarni yarmarkalarda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha chakana savdo tarmog‘i orqali erkin sotishni hisobga olgan holda har yili shakllantiriladigan prognoz kvotalari asosida har yili 1-iyulga qadar zarur hajmlar va nomlardagi darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalari chiqarilishini tashkil etishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarining nashriyot rasmiylashtiruvi va matbaa ijrosi davlat standartini belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqsin va qaytadan tasdiqlasin, ularning sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi hamda belgilangan foydalanish muddati davomida tegishli jismoniy holatini ta’minlashni hisobga olgan holda ularni nashr etish chog‘ida foydalanadigan qog‘oz hamda boshqa matbaa materiallarining sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan talablar oshirilishiga alohida e’tibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matbaa korxonalarida o‘rnatilgan standartlarga rioya etilishi ustidan samarali ichki nazorat mexanizmini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zkitobsavdo” DAK Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shaharlar va tuman markazlarida aholiga darsliklar sotish uchun ixtisoslashtirilgan yarmarka-savdo shoxobchalari tashkil etilishini ta’minlasin, shuningdek, olis aholi punktlarida darsliklar chakana savdosini tashkillashtirish chora-tadbirlarini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining umumta’lim maktablari kutubxona fondlaridan o‘quvchilarga darsliklarni ixtiyoriylik asosida ijaraga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yilning 1-sentabridan boshlab Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga kutubxonachilarning tarif stavkasiga mansab maoshining 20 foizigacha miqdorda vaqtinchalik ustama haq belgilash vositasida kutubxona fondi saqlanishi uchun xodimlarni rag‘batlantirish mexanizmi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shu narsa nazarda tutilsinki, kutubxonalardagi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni saqlash uchun tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash hamda o‘quvchilar o‘rtasida darsliklarni avaylab asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish umumta’lim maktablari kutubxonachilari ishining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim maktablarining kutubxona fondlari uchun hamda yarmarka savdosi va chakana savdo tarmog‘i orqali erkin sotish uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari tayyorlashga buyurtmanomani shakllantirish va bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim maktablarining ayrim toifadagi o‘quvchilarini davlat budjeti mablag‘lari hisobiga darsliklar bilan aniq ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darsliklarni ijaraga berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutubxonalardagi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni saqlash uchun tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash hamda o‘quvchilar o‘rtasida darsliklarni avaylab asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish umumta’lim maktablari kutubxonachilari mehnati natijalariga baho berish mezonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni utilizatsiya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi umumta’lim maktablari uchun darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashr qilish va qayta nashr qilish bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tartibga solish nazarda tutilgan ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar haqi, shuningdek ayrim o‘quv adabiyotlarini deklaratsiya qilishda ularning narxi sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda o‘quv adabiyotlarini yangilashda ularning narxlari dinamikasi monitoringini yuritsin va monitoring natijalari bo‘yicha yangi o‘quv dasturlari, uzluksiz ta’lim tizimi uchun darsliklarni qayta ko‘rib chiqish va yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga ma’lumot kiritsin.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikromov zimmasiga yuklansin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-362-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 190-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 21-son, 268-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)