OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
ALKOGOLLI MAHSULOTGA TOʻLANADIGAN AKSIZ SOLIGʻINING BIR QISMINI HISOBLAB ChIQARISh VA “OʻZMEVASABZAVOTUZUMSANOAT-XOLDING” XOLDING KOMPANIYASINING REKONSTRUKSIYALASh VA RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASIGA YOʻNALTIRISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 23-mayda 1526-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 9-martdagi 16, 13/3-2099-son ““Alkogolli mahsulotga toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini hisoblab chiqish va “Oʻzvinosanoat” xolding kompaniyasining rekonstruksiyalash va rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga kiritilgan oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1526-2, 25.03.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-sonli “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2005-yil 6-noyabrdagi 103 va 2005-65-sonli “Alkogolli mahsulotga toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini hisoblab chiqarish va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” Xolding kompaniyasining rekonstruksiyalash va rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomning (2005-yil 30-noyabr, roʻyxat raqami 1526 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 361-modda) nomlanishi va matnida “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” jumlasi “Oʻzvinosanoat” jumlasiga almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-may,
45-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-may,
2006-22-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 183-modda)