Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2015 02.05.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1568
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 02.05.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1568
Kuchga kirish sanasi
12.05.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2015
Hujjat 31.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN ShAXSIY YoRDAMChI VA DEHQON XOʻJALIKLARIGA ChORVAChILIKNI RIVOJLANTIRISh UChUN IMTIYOZLI MAQSADLI MIKROKREDITLAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 2-mayda 1568-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 14-martdagi 6/3-sonli “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1568-2, 20.03.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-308-sonli qarori 3-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida Nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 8-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9/7-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy banki Boshqaruvi
tomonidan 2006-yil 8-apreldagi
9/7-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-sonli “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 104-modda) muvofiq, tijorat banklari tomonidan kam taʼminlangan oilalarning shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar (keyingi oʻrinlarda — mikrokreditlar) berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 28-apreldagi 13/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1568-1, 21.05.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 236-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 28-apreldagi 13/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1568-1, 21.05.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy yordamchi xoʻjalik — shaharcha, qishloq, ovullarda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida uy-joy qurish uchun berilgan uchastkalarning bir qismi — tomorqada oila aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida sotish bilan shugʻullanadigan oilaviy xoʻjalik;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 28-apreldagi 13/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1568-1, 21.05.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 236-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xoʻjaligi — oila aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilish uchun oila boshligʻiga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan, yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holda faoliyat yuritadigan oilaviy mayda tovar xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklari tomonidan kam taʼminlangan oilalarning shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar berish mazkur Nizomda belgilangan tartibga binoan qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun beriladigan mikrokreditlar miqdori eng kam ish haqining 80 baravarigachani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizom asosida mikrokreditlar faqat kam taʼminlangan oilalarga beriladi. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini kam taʼminlangan oilalar sifatida eʼtirof etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilikni rivojlantirish uchun kam taʼminlangan oilalarga mikrokreditlar ajratishga mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini Kengashlari tavsiyanomalari asos boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu mikrokreditlar shartnoma asosida 3 yilgacha boʻlgan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chorvachilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar qarz oluvchining xohishiga koʻra pul oʻtkazib berish yoʻli bilan yoki naqd pul shaklida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mikrokreditlarni berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shaxsiy yordamchi xoʻjalik yurituvchi jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari boshliqlari chorvachilikni rivojlantirish maqsadida mikrokredit olish uchun, qoida tariqasida, oʻzlari yashab turgan tumanda joylashgan tijorat banklari filiallaridan biriga mikrokredit berishni soʻrab ariza bilan murojaat etishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mikrokreditlar olish uchun shaxsiy yordamchi xoʻjaligi yurituvchi jismoniy shaxs yoki dehqon xoʻjaligi boshligʻi tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) chorvachilikni rivojlantirish uchun mikrokredit berishni soʻrab ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini Kengashlarining ushbu mikrokredit oluvchi jismoniy shaxsga chorvachilikni rivojlantirish uchun bank tomonidan mikrokredit berilishiga tavsiyanomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) mikrokreditning qaytarilish taʼminoti haqidagi qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, jismoniy shaxs yoki dehqon xoʻjaligi boshligʻi oʻz pasportini shaxsan koʻrsatadi va pasport nusxasi kredit yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi. Dehqon xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi roʻyxatga oluvchi organ tomonidan berilgan guvohnomaning nusxasi ham kredit yigʻmajildiga tikib qoʻyilishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yigʻinining Kengashlari tomonidan chorvachilikni rivojlantirish uchun bank tomonidan kredit berilishi toʻgʻrisidagi tavsiyanomada shaxsiy yordamchi xoʻjaligi yoki dehqon xoʻjaligida qoramol boqish uchun sharoit mavjudligi, ushbu oila kam taʼminlangan oila ekanligi, uning tarkibida doimiy ish joyiga ega boʻlmagan oila aʼzolari mavjudligi alohida taʼkidlanishi lozim. Tavsiyanoma mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini Kengashining raisi tomonidan imzolanib, gerbli muhr qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qarz oluvchilar mikrokreditlarni qaytarilishini taʼminoti sifatida bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk garovi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank yoki sugʻurta kompaniyasi kafolati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxs kafilligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarilmaslik xatarining bank-benefitsiar foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit hisobiga sotib olingan qoramol mazkur kredit boʻyicha garov predmeti boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib olingan qoramol kreditni qaytarish taʼminoti sifatida garovga olinganda, ushbu qoramol kasallanib oʻlib qolishi, oʻgʻirlanishi, tabiiy ofatlar natijasida nobud boʻlish hollaridan bank (benefitsiar) foydasiga sugʻurta qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kafillik bank foydasiga kafil va qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan yozma shakldagi 3 (uch) nusxada kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu shartnomaning oxirgi betida kafil va qarzdor imzolaridan keyin, bank tomonidan mazkur kafillik qabul qilinganligi toʻgʻrisida bank filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan va dumaloq muhr qoʻyilgan yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mikrokredit soʻrab, mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlarni ilova qilingan holda, berilgan arizaning bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu ariza boʻyicha bank filiali kredit qoʻmitasi tomonidan xulosa berish muddati 3 bank kunidan oshmasligi lozim.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 28-apreldagi 13/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1568-1, 21.05.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 236-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit berish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, bank arizachiga bu haqda yozma shaklda maʼlum qilishi shart
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tijorat banki filiali kredit qoʻmitasining qarori mikrokreditlar berish yoki bermaslik uchun asos hisoblanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 28-apreldagi 13/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1568-1, 21.05.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 236-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mikrokredit shartnomasi tuzilgan kunning ertasidan kechiktirmagan holda bank tomonidan qarz oluvchiga ssuda hisobvaragʻi ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mikrokreditlarni berish qarz oluvchining ssuda hisobvaragʻidan qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomasiga asosan, kredit shartnomasida koʻrsatilgan summa doirasidagi mablagʻlarni chorvachilikni rivojlantirish uchun pul oʻtkazib berish yoki naqd pul berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Mikrokreditlarni qaytarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shaxsiy yordamchi xoʻjaligi yurituvchi jismoniy shaxs tomonidan mikrokreditlar va ularga hisoblangan foizlar bank kassasiga naqd pul topshirish yoki qarz oluvchining omonat hisob varagʻidan pul oʻtkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xoʻjaligi mikrokreditning naqd pulda olingan qismi va unga hisoblangan foizlar toʻlovini bank kassasiga naqd pul topshirish yoʻli bilan amalga oshiradi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jismoniy shaxslarga berilgan mikrokreditlar hisobi 14900-sonli “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvaraqlarida va dehqon xoʻjaliklariga berilgan mikrokreditlarning hisobi 15000-sonli “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvaraqlarida yuritiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 28-apreldagi 13/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1568-1, 21.05.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 236-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tijorat banklari tomonidan mikrokreditdan foydalanishning butun muddati davomida fuqarolar yigʻinining mahalla, qishloq, ovul Kengashi masʼul xodimi ishtirokida mikrokreditdan samarali hamda maqsadli foydalanilanayotganligini aniqlash boʻyicha bevosita joyiga chiqib doimiy monitoring amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Olingan mikrokreditdan boshqa maqsadda foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mikrokredit boʻyicha qarzdorlikni undirishda birinchi navbatda mikrokreditdan foydalanganlik uchun foizlar undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mikrokreditni qaytarish taʼminoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi qabul qilingan boʻlib, qarz oluvchi mikrokreditni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarmagan taqdirda, bank kafildan mikrokredit va unga hisoblangan foizlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mikrokredit belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda bank undiruvni garov predmetiga yoki mikrokreditning qaytarilish taʼminoti sifatida taqdim etilgan taʼminotning boshqa shakllariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaratadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(IV-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 28-apreldagi 13/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1568-1, 21.05.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 236-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 157-modda; 2012-y., 21-son, 236-modda)