Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2025 26.04.2006 yildagi PQ-335-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2025
Hujjat 26.04.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda xususiylashtirish shakl va uslublarini takomillashtirish, korxonalarni toʻliq va aksiyalarning davlat paketlarini xususiy mulkka sotish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlar iqtisodiyotning amaldagi barcha sohalarida mulkchilik munosabatlarini tubdan oʻzgartirish jarayonlarini jadallashtirish va chuqurlashtirish uchun shart-sharoit yaratdi. Davlat aktivlari va aksiyalar paketlarini nolga teng qiymat boʻyicha sotish keyingi yillarda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining oʻziga xos xususiyati hisoblanadi. Xususiy sektorni kengaytirish, kichik biznes, fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilish amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Davlat mulki qoʻmitasi va uning joylardagi organlari faoliyatini jiddiy yaxshilash talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari asosiy eʼtiborni mayda, ikkinchi darajali masalalarga qaratib, xususiylashtirishning muhim strategik yoʻnalishlari boʻyicha tegishli darajada tashabbuskorlik koʻrsatmayapti, fond bozorini kengaytirish va qimmatli qogʻozlar bozori, ayniqsa ikkilamchi bozorni rivojlantirishni faollashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorda monopol mavqega ega boʻlgan, katta investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalar oqimiga, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishiga ehtiyoj sezayotgan yirik kompaniyalarni xususiylashtirish boʻyicha yondashuvlarni tubdan qayta koʻrib chiqish talab etilmoqda. Koʻplab xolding va aksionerlik kompaniyalarning nizom jamgʻarmalarida aksiyalarning davlat paketlari ulushi asossiz ravishda yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarining xususiylashtirilgan korxonalarda davlat aktivlarini samarali boshqarish boʻyicha faoliyati qoʻyilgan talablarga mutlaqo javob bermaydi. Davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchilarining ishlari yuzaki tashkil qilingan boʻlib, amalda “direktorlar korpusi” aksionerlik jamiyatlarini boshqarish tizginini oʻz qoʻllarida ushlab turibdi. Malakaviy talablar va kuzatuv kengashlari ishlarini baholashni tartibga soluvchi meʼyoriy bazaning yoʻqligi aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini faol rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish borasida jiddiy kamchiliklar mavjud. Tizim xodimlarini attestatsiya qilish natijalari mutaxassislar, ayniqsa hududiy boʻlinmalar rahbarlarining malakasi pastligini koʻrsatdi. Bu qoʻmita oldiga qoʻyilgan vazifa va funksiyalar qoniqarsiz bajarilishining asosiy sabablaridan biridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada faollashtirish, davlat mulkini boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek Davlat mulki qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi rahbariyatining zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishi qoniqarsiz, deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi organlari ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishni taʼminlashga doir tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha kompleksi (R. Azimov) tasdiqlangan tadbirlarni belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin. Qayd etilgan tadbirlar ijrosi natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga muntazam maʼlumot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda davlat mulki ulushiga ega xoʻjalik yuritish jamiyatlaridagi kuzatuv kengashlari faoliyati, ular tomonidan 2005-yilgi biznes-rejalarning bajarilishini, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan 2006-yilgi biznes-rejalar mavjudligini atroflicha tahlil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes-rejalarning asosiy koʻrsatkichlari bajarilmagan yoki joriy yil uchun samarali biznes-rejalar mavjud boʻlmagan taqdirda ushbu xoʻjalik yuritish jamiyatlaridagi ishonchli davlat vakillari yoki kompaniyalar boshqaruvchilarini almashtirishni, ijrochi direktorlarni belgilangan tartibda lavozimidan ozod etishni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Vazirlar Mahkamasida har yili tasdiqlanadigan jadval asosida Kuzatuv kengashlari raislari va davlat aktivlariga ega yirik kompaniyalar rahbarlarining kompaniyalarning ahvoli va ularni rivojlantirish toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam tinglashni taʼminlasin va natijalarga koʻra ularning ishlarini baholasin, javobgarlikning maʼmuriy choralarini qoʻllasin va davlat organlarining Kuzatuv kengashidagi aʼzolari hamda kompaniyalar rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir oy muddatda davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin. Bunda asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarini xususiy mulkka sotishni amalga oshirish mexanizmini aniq belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldi-sotdi shartnomalari va yangi mulkdorning, jumladan, investitsiya majburiyatlari, korxonaning xususiylashtirishdan keyingi barqaror faoliyat yuritishi, obyektni xarid qilish paytida taqdim etilgan biznes-reja koʻrsatkichlarini bajarishi boʻyicha oʻz zimmasiga olgan masʼuliyatini belgilovchi tomonlarning oʻzaro majburiyatlari haqidagi shartnomalar moddalarining aniq mazmun-mohiyatga egaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar va korxonalarni ular joylashgan yer maydonlari bilan birga xususiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarni yangi mulkdorga faqat u qiymatini toʻliq toʻlaganidan va investitsiya majburiyatlarini bajarganidan soʻng mulk qilib berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 va 3-ilovalarga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tarkibi boshqaruv xodimlari soni 125 birlikdan oshmagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2 va 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4, 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tuzilmasi va Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4, 5 va 5a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha markazi boshqaruv xodimlari soni 93 birlikdan oshmagan holda, shu jumladan markaziy apparat xodimlari tuzilmasi 25 birlikdan oshmagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmalari bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga boʻysunadi va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davinkom” davlat investitsiya firmasini tugatish va uning funksiyalarini Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining birja va birjadan tashqari savdolarda davlat aktivlarini sotish bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalariga va uning hududiy boshqarmalariga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tekshirish institutini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markaziga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mulkdor” gazetasini “Birja” gazetasiga aylantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda hududiy boshqarmalar rahbarlari va mutaxassislarining vazifalarini, xususiylashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, davlat mulki boshqaruvi samaradorligini taʼminlash, investorlar zimmasidagi investitsiya majburiyatlarini bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyatini aniq belgilashga alohida eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayʼatning oylik yigʻilishlarida alohida hududiy boshqarmalar va ularning boʻlimlari rahbarlarining yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlar samaradorligi toʻgʻrisidagi hisobotlarini tinglab borishni amaliyotga joriy etsin, bunda ularga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralari, shu jumladan egallab turgan vazifasidan ozod etishgacha boʻlgan choralarni qoʻllasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-iyundagi 303-sonli “Davinkom” investitsiya firmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va 2003-yil 24-iyuldagi 325-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqqan holda qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ–335-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 140-modda; 2008-y., 39-son, 393-modda, 44-45-son, 440-modda; 2010-y., 1-2-son, 5-modda; 2011-y., 22-23-son, 223-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)