ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarni ozodlikka tayyorlash va ijtimoiylashuvini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.11.2026 yildagi PQ-397-son

Qarorga ko‘ra, quyidagilar asosiy maqsadlar etib belgilandi:

2027/2028 o‘quv yiliga qadar jazoni ijro etish muassasalarida 310 ta o‘quv va 420 ta amaliy mashg‘ulotlar xonasini tashkil etish;

2030 yilga qadar mehnat bozoriga mos kamida 50 ta kasb bo‘yicha o‘quv dasturlarini joriy etish;

har yili kamida 15–20 ming nafar mahkumni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish;

mahkumlarni kasbga o‘qitish orqali takroriy jinoyatchilik darajasini 30 foizga qisqartirish.

“Yangi hayot” dasturi doirasida 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab :

mahkumlarga oliy taʼlim tashkilotlariga kirish va masofaviy taʼlim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoni yaratiladi;

o‘qishga qabul qilingan mahkumlar masofaviy taʼlim shaklida o‘qishi uchun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.

Shuningdek:

yosh mahkumlar orasidan saylov yo‘li bilan yoshlar faollari tanlanadi va har chorakda BHMning uch baravari miqdorida rag‘batlantiriladi;

barcha koloniyalardagi mahkumlar o‘rtasida masofaviy shaklda “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etiladi;

koloniyalar kutubxonalarida “Mutolaa” platformasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.