ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 13.11.2026 yildagi O‘RQ-1190-son

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi:
 
shartnoma shartlarini bajarmagan stipendiatni xorijda o‘qitish bo‘yicha xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi daʼvolar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi belgilandi.
 
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:
 
vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari loyihalarining jamoatchilik muhokamasi muddati ular portalda joylashtirilgan kundan eʼtiboran 10 kundan kam bo‘lmasligi kerak.
 
Bunda, agar buyruqlar va qarorlar loyihalari yuzasidan dastlabki 5 kun ichida fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar kelib tushmasa, vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga belgilangan tartibda kiritishi mumkinligi belgilandi.