ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkuma ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim xizmatlari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.11.2026 yildagi PQ-395-son

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 dekabrdan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Ona va bola markazi” maxsus davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi.
 
Maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:
 
5 nafargacha bolalarni qamrab oladigan kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi guruhlar tashkil etiladi;
 
tarbiyalanuvchilar yashashi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, yoshiga mos ravishda rivojlanishi va kamol topishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi;
 
tarbiyalanuvchilar 21-son jazoni ijro etish koloniyasi va 42-son manzil-koloniya tomonidan qonunchilikda Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun belgilangan normalarga muvofiq oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq anjomlar bilan taʼminlanadi;
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarni o‘z vaqtida emlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish taʼminlanadi;
 
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan har chorakda bola va ona uchun yaratilgan sharoitni o‘rganish maqsadida monitoring amalga oshiriladi.