Hujjat pasporti
Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 13.11.2026 yildagi O‘RQ-1189-son
Qonun bilan Mehnat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida shahvoniy shilqimlik deganda shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etish tushuniladi.
Ish beruvchi mehnat jamoasida shahvoniy shilqimlikdan xoli muhit yaratish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi shartligi belgilandi.