ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalarga nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.11.2026 yildagi 619-son

Ushbu Nizom alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy o‘rta taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibini belgilaydi.
 
Nodavlat taʼlim tashkiloti korreksion sinf tashkil etish maqsadida bitim tuzish uchun umumiy o‘rta taʼlim xizmatlari ko‘rsatiladigan hududdagi hududiy boshqarmaga “YAMIH” AT orqali belgilangan maʼlumotlarni ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
 
Arizani ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha hududiy boshqarma tomonidan 1 ish kuni ichida:
 
bitim tuzishni rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, axborot modulida bitim tuzish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiriladi va bitim imzolanadi.
 
Nodavlat taʼlim tashkilotining har bir korreksion sinfidagi o‘quvchilar soni 12 nafardan oshmasligi lozim.
 
Korreksion sinfda taʼlim oladigan har bir bola uchun to‘liq bir oyda quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
 
Toshkent shahrida BHMning 11 baravari;
viloyatlar markazi va Nukus shahrida BHMning 9,5 baravari;
boshqa tuman (shahar)larda BHMning 8,5 baravari miqdorida.