ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi nufuzli xalqaro va respublika tanlovlarida ijodkorlarning ishtirokini oshirish hamda qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.11.2026 yildagi 617-son

Nizomga ko‘ra, Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilmagan nufuzli xalqaro tanlovlar g‘olib va sovrindorlarining 1 martalik pul mukofoti olishi uchun ular ishtirok etgan tanlov quyidagi mezonlarga to‘g‘ri kelishi talab etiladi:
 
30 dan ortiq mamlakatdan ishtirokchi qatnashadigan;
 
20 dan ortiq mamlakatning ommaviy axborot vositalarida tanlov haqida maʼlumotlar eʼlon qilinadigan;
 
YUNESKO yoki boshqa yirik xalqaro tashkilotlar qo‘llab-quvvatlagan yoki tan olgan;
 
kamida 4 ta saralash bosqichi mavjud bo‘lgan.
 
Nufuzli xalqaro tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorda taqdirlanadilar:
 
gran-pri sohiblari uchun – 300 mln so‘m;
1-o‘rin sohiblari uchun – 300 mln so‘m;
2-o‘rin sohiblari uchun – 200 mln so‘m;
3-o‘rin sohiblari uchun – 100 mln so‘m.
 
Respublika tanlovlari g‘oliblari quyidagi miqdorda taqdirlanadilar:  
 
gran-pri sohiblari uchun – 100 mln so‘m;
1-o‘rin sohiblari uchun – 100 mln so‘m;
2-o‘rin sohiblari uchun – 50 mln so‘m;
3-o‘rin sohiblari uchun – 25 mln so‘m.