Hujjat pasporti
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 10.11.2026 yildagi O‘RQ-1187-son
Qonun bilan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, kredit, shu jumladan mikroqarz reklamasida bunday xizmatlar bo‘yicha qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirish mavjud bo‘lishi kerak.
Bunday ogohlantirish reklamaning asosiy maydoni va vaqtining kamida 10 foizini tashkil etishi lozim.