ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.10.2026 yildagi 596-son

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali:
 
haydovchilarning transportni boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik qoidabuzarliklarini qayd etishga ruxsat beriladi.
 
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 apreldagi 232-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
 
Unga ko‘ra, haydovchilarning xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini foto va video qayd etish tizimiga qo‘yiladigan umumiy texnik talablarga muvofiq tizim:
 
xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi holati bo‘yicha “Maʼmuriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda quyidagi maʼlumotlarni uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak:
 
metrologik qiyoslash guvohnomasining raqami va amal qilish muddati;
 
qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt;
 
qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari;
 
elektr tarmog‘ida uzilishlar yuz berganda, uning faoliyatini 8 soatdan kam bo‘lmagan vaqt davomida qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan zaxira elektr manbai bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
 
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi orqali xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini qayd etishda:

haydovchining yuz ko‘rinishi, xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmaganligi yuqori sifatdagi fotosuratlarda aks ettirilishi shart.