Qarorga ko‘ra, patent vakillarining har uch yilda malakasini oshirish tartibi joriy qilindi hamda ularni attestatsiyadan o‘tish talabi bekor qilindi.
Endilikda Patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (Guvohnoma) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan beriladi.
Guvohnoma olgan jismoniy shaxs Respublikada o‘z faoliyatini patent vakili sifatida amalga oshiradi.
Patent vakili o‘ziga murojaat qilgan shaxsning intellektual mulk masalalari bo‘yicha manfaatlarini ifoda qilish vakolatiga ega.
Patent vakili guvohnomada ko‘rsatilmagan ixtisoslik bo‘yicha vakillik qilishga haqli emas.
Patent vakillarini tayyorlash va malakasini oshirish Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti yoki Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Patent vakillari Assotsiatsiyasi jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Patent vakillari reyestri «Intellektual mulk muhofazasi» portalida eʼlon qilib boriladi
2026 yil 1 noyabrga qadar faoliyat yuritayotgan patent vakillarining guvohnomalari attestatsiyadan o‘tkazmasdan hamda davlat boji va boshqa to‘lovlarni undirmasdan amaldagi ixtisosliklari bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi va ular Patent vakillari davlat reyestriga kiritiladi.