Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.
Taʼlim va ilm-fan vazirligi quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi:
maktabgacha taʼlim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim;
kasbiy taʼlim;
oliy taʼlim;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
qo‘shimcha va norasmiy taʼlim.
Taʼlim va ilm-fan vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.