ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.09.2026 yildagi PF-206-son

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 oktyabrdan respublikada tozalik va ozodalik dolzarb 2 oyligi o‘tkaziladi. Bunda:
 
2026 yil 1 oktyabrdan boshlab yashil hududlar joylashuvini aniqlash, yerlarni tayyorlash, ko‘chat va butalar zaxirasini yaratish choralari ko‘riladi;
 
ko‘chat va butalarni ekish mavsumi:
 
2026 yil 1-noyabrdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida;
 
2026 yil 5 noyabrdan Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
 
2026 yil 10 noyabrdan Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida;
 
2026 yil 20-noyabrdan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida boshlanadi.
 
2027 yil 1 yanvardan “Yashil mahalla” loyihasi doirasida “Mahallani yashillashtirish” paketi joriy etiladi.
 
“Yashil mahalla” loyihasi doirasida mahallalarga O‘rmon agentligi tomonidan o‘rmonchi-murabbiy xodim biriktiriladi. Bunda:
 
“mahalla yettiligi” aʼzolari o‘rmonchi-murabbiy tomonidan har ekish mavsumi boshlanishidan oldin bir marotaba qisqa o‘quv kurslarida o‘qitiladi.