Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlar:
ularga va ularning voyaga yetmagan farzandlariga tegishincha nikoh tuzilganligi to‘g‘risida va tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinishi belgilandi.
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi munosabati bilan:
surishtiruv, dastlabki tergov organlariga yoki sudga murojaat qilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga egaligi belgilandi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga quyidagilar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi:
alimentlarni undirish haqidagi;
bolalarning taʼminoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi;
uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish haqidagi;
otalikni belgilash yoki otalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi;
bolaning yashash joyini belgilash haqidagi;
bola bilan ko‘rishish tartibini belgilash to‘g‘risidagi;
nikohdan ajratish haqidagi;
mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi;
mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish haqidagi;
mol-mulkka yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi;
ishga tiklash haqidagi;
ish haqini undirish to‘g‘risidagi.