ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.09.2026 yildagi 466-son

Ushbu Nizom jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aniqlangan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga oid huquqbuzarlik holatlari haqida vakolatli organlarga xabar berish, ularni ko‘rib chiqish hamda xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
 
Nizomga ko‘ra, xabardor qiluvchi huquqbuzarlik haqida vakolatli organlarga maxsus elektron tizim yoki Adliya vazirligining mobil ilovasi orqali xabar beradi.
 
Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi foto va videomateriallarda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
 
sodir etilgan huquqbuzarlik;
huquqbuzar to‘g‘risidagi maʼlumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
huquqbuzarlik sodir etilgan sanasi va vaqti.
 
Xabardor qiluvchi tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani yuzasidan berilgan xabarlar vakolatli organ tomonidan 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
 
Xabardor qiluvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar o‘z tasdig‘ini topgan hamda berilgan xabarga asosan vakolatli organ yoki sudning javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori asosida:
 
aybdor shaxsdan jarima undirilgan taqdirda, xabardor qiluvchi undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti shaklida rag‘batlantiriladi.