ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Texnikumlarda oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash va bitiruvchilar bandligini taʼminlashda buyurtmachilar ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.08.2026 yildagi 449-son

Ushbu Nizom davlat texnikumlari bilan dual taʼlimni yo‘lga qo‘ygan hamda bitiruvchilar bandligini taʼminlagan tashkilotlarga kredit ajratish tartibini belgilaydi.
 
Quyidagi talablarga javob bergan tashkilotlar kredit olish huquqiga ega:
 
texnikum bilan dual taʼlimni yo‘lga qo‘ygan hamda dual taʼlim bo‘yicha texnikum bilan amal qiluvchi shartnoma mavjud bo‘lishi;
 
dual taʼlim doirasida o‘quvchilar uchun ish joylari va ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etilgan bo‘lishi;
 
dual taʼlim doirasida o‘quvchilarga tashkilotning malakali mutaxassislarini “ustoz” sifatida biriktirgan bo‘lishi;
 
dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan muddatli mehnat shartnomalari tuzilgan bo‘lishi hamda ish haqi to‘lashi;
 

joriy yilda texnikum bitiruvchisini tashkilotdagi vakant ish o‘rniga mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilgan bo‘lishi.
 
Tashkilotlar dual taʼlim dasturi doirasida kredit olish uchun tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni qog‘oz shaklida taqdim etadi:
 
kreditni olish to‘g‘risidagi ariza;
ariza beruvchi (tashkilot)larning amalda bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlari;
texnikum va tashkilot o‘rtasidagi hamda tashkilot va o‘quvchi o‘rtasidagi dual taʼlim bo‘yicha shartnoma nusxalari;
dual taʼlim dasturi va dual taʼlimda tahsil olayotgan o‘quvchilar ro‘yxati;
tashkilot tomonidan kreditdan foydalanish rejasi;
tashkilotning soliq qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida maʼlumot.
 
Tashkilotning kredit ajratish bo‘yicha taqdim etgan barcha hujjatlari kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichiga muvofiq kelgan taqdirda, tijorat banki 3 ish kunida bu haqda tashkilotga xabar beradi, shartnoma tuzadi  hamda uning hisobvarag‘iga kreditni o‘tkazadi.