ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Kasbiy taʼlim tizimi boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.08.2026 yildagi 451-son

Ushbu Nizom kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari va direktor o‘rinbosarlarini menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
 
Texnikumlarda faoliyat yuritayotgan direktorlar va direktor o‘rinbosarlari ushbu Nizom talablariga muvofiq menejerlik sertifikatini oladilar.
 
Menejerlik o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlaganlarga davlat namunasidagi menejerlik sertifikati elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda QR-kod qo‘yilgan holda elektron shaklda beriladi.
 
Direktorlar va o‘rinbosarlar maxsus portal orqali ro‘yxatdan o‘tadi hamda o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi.
 
Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan direktorlar va o‘rinbosarlar uchun sertifikat ularning arizasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3 yil muddatga beriladi.
 
Yakuniy sinovda ijobiy natijaga erishgan tinglovchiga yakuniy sinov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 1 hafta ichida o‘quv tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida sertifikat beriladi.