ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.08.2026 yildagi 450-son

Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchilar o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun:
 
har yili 1 avgustdan 20 avgustga qadar, umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish uchun esa har yili 28 dekabrdan 17 yanvargacha Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
 
Vakolatli organ ariza topshirish muddati tugagandan so‘ng 10 kun muddat ichida so‘rovnomani ko‘rib chiqib, tegishli hujjatlar ushbu Reglamentga muvofiq bo‘lgan taqdirda, o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash to‘g‘risida xulosani yuboradi.
 
Boshqa taʼlim shaklidan hamda umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga dual taʼlim shakliga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
 
Vakolatli organ tomonidan rasmiylashtirilgan xulosada noto‘g‘ri maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi 15 kun ichida belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega.