ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
“Odil sudlov-2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 14.08.2026 yildagi PF-160-son

Farmon bilan “Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi tasdiqlandi.
 
Farmonga ko‘ra, 2027 yil 1 iyuldan umumyurisdiksiya va maʼmuriy sud yo‘nalishlarida ishlarni qayta ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan, yurisdiksiya hududi bir nechta maʼmuriy-hududiy birliklarni qamrab oladigan hududlararo sudlar tashkil etiladi.
 
2027 yil 1 iyuldan tergov sudyasiga tegishli protsessual majburlov choralarini qo‘llash (sanksiya berish) to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda shaxsni ushlab turishning qonuniyligi va asosliligi, gumon qilish yoki ayblov eʼlon qilish uchun asoslar yetarliligini, shubha tug‘ilgan taqdirda, tergov sirini taʼminlagan holda qo‘shimcha hujjatlar talab qilish yo‘li bilan tekshirish vakolatlari beriladi.
 
2027 yil 1 avgustdan yagona sud amaliyotini shakllantiruvchi Oliy sud Rayosati qarorlarini belgilangan tartibda ochiq eʼlon qilish va yangilab borish amaliyoti (“Pretsedentlar” reyestri) joriy etiladi.
 
2027 yil yakuniga qadar Oliy sudning interaktiv xizmatlar portali (my.sud.uz) ning yangilangan mobil ilovasi ishga tushiriladi.
  
Portalda “Sudga murojaat namunalari” interaktiv xizmatini takomillashtiriladi.