Nizomga ko‘ra, tuman (shahar) hokimliklari suv obyektini balansda saqlovchi tashkilotlar bilan birgalikda ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yotiq drenajlarga aylantirish orqali paydo bo‘lgan suv fondi yer uchastkalarini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun:
elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga murojaat qiladi.
Ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yotiq drenajlarga aylantirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari elektron onlayn-auksion savdolari g‘olibi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan parametrlarda amalga oshiriladi.
Ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yotiq drenajlarga aylantirish orqali paydo bo‘lgan suv fondi yer uchastkalarining yer toifasini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ijaraga berilgan suv fondi yer uchastkasi hududida yopiq-yotiq drenajlarni soz holatda saqlash va joriy taʼmirlash ishlari elektron onlayn-auksion savdolari g‘olibi tomonidan amalga oshiriladi.