ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.07.2026 yildagi O‘RQ-1157-son

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 2026-yil 1 yanvardan 2030-yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
 
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Kreativ industriya parki rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarga jalb qilingan chet el kontragentlari QQS, to‘lov manbaida foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
 
Bunda ushbu imtiyoz chet el kontragentlari kreativ industriya sohasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etilganda qo‘llaniladi.