ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.06.2026 yildagi 329-son

Ushbu Nizom “Digital Team” idoralararo raqamli jamoaning maqsadi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda 2027 yil yakunigacha faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, idoralararo raqamli jamoaga Favqulodda vaziyatlar vazirining raqamlashtirish, innovatsiya va kiberxavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qiladi.

Quyidagilar Idoralararo raqamli jamoaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga raqamli texnologiyalar, zamonaviy raqamli yechimlar, dasturiy mahsulotlar, elektron xizmatlar va innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

sohani raqamlashtirish borasida tashabbuslar, takliflar ishlab chiqish va boshqalar.

Idoralararo raqamli jamoa yig‘ilishi va unda ko‘rib chiqilgan masalalar bayonnoma asosida rasmiylashtiriladi.

Yig‘ilish bayonnomasi yig‘ilish o‘tkazilganidan so‘ng 3 ish kunida Idoralararo raqamli jamoa rahbari tomonidan Idoralararo raqamli jamoa hamrahbari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.