ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Saraton kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.06.2026 yildagi PQ-238-son

Qarorga ko‘ra, quyidagilar saraton kasalliklariga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
 
aholini eng ko‘p uchraydigan (bachadon bo‘yni, ko‘krak bezi, yo‘g‘on ichak, oshqozon, prostata bezi va o‘pka) saraton kasalliklari bo‘yicha maqsadli tibbiy tekshiruvlar bilan qamrab olish ko‘rsatkichini kamida 60 foizga yetkazish;
 
aholi o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan saraton kasalliklarini 1-2- bosqichlarda aniqlash darajasini 30 foizdan 40 foizgacha oshirish;
 
aholi o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan saraton kasalliklarini 3-4-bosqichlarda aniqlash darajasini 65 foizdan 55 foizga kamaytirish va boshqalar.
 
2027 yil 1 yanvardan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan Saratonga qarshi kurashish milliy dasturi (Dastur) asosida aholi o‘rtasida oshqozon, yo‘g‘on ichak (kolorektal), o‘pka va prostata bezi saratoni kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olish chora-tadbirlari hududlarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
 
Quyidagilar Dasturning ustuvor vazifalari etib belgilandi:
 
aholining saraton kasalliklari xavf omillari, dastlabki belgilari va oldini olish usullari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish;
 
saraton kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash, tashxislash va davolash tizimini quyidagilar orqali takomillashtirish;
 
tibbiy yordam sifatini oshirish va o‘lim holatlarini kamaytirish.

Qarorga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan Davlat byudjetidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida saraton kasalliklariga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda quyidagi xizmatlar xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplanadi:
 
saraton kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olishda o‘tkaziladigan laborator va instrumental diagnostik tekshiruvlar;
 
saraton kasalliklarini tashxislash va ularning bosqichini aniqlash;
 
jarrohlik amaliyotlari;
 
medikamentoz (1-guruhdagi (bazaviy) o‘smaga qarshi, gormonal hamda qo‘llab-quvvatlovchi terapiyada qo‘llanadigan dori vositalari) va nur terapiyasi;
 
palliativ yordam;
 
reabilitatsiya va dispanser kuzatuvi bo‘yicha xizmatlar.
 
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi huzurida Noinfeksion kasalliklarga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etiladi.