Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash uchun g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish,
5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash,
3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish,
5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan qonunga xilof ravishda egallash,
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.