ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Shahar yoʻlovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.06.2026 yildagi 276-son

Qarorga ko‘ra, haydovchi bilan birga 60 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan M3 toifadagi (III sinfga mansub bo‘lmagan) yangi transportlarni (avtobus/elektrobus yoki trolleybuslar):

2027 yil 31 dekabrgacha O‘zbekistonga import qilishda utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi.
 
2026-yil 1-sentyabrdan:
 
yo‘lovchi tomonidan yo‘lkira haqi validatorlar bilan jihozlangan avtobusga chiqish vaqtida quyidagi usullar orqali to‘lanadi:
 
transport kartasini validatorga tekkizgan holda uni validatsiya qilish;
 
bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz elektron to‘lov turlaridan foydalanish (NFC, QR, Biometric, BLE, UWB va boshqa joriy etilayotgan texnologiyalar yordamida to‘lash);
 
ijtimoiy/transport kartasini validatorga tekkizgan holda imtiyozli yoki bepul yurish huquqini tasdiqlash;
 
yo‘lkira haqi mazku usullar orqali avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmaganda, yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgan deb hisoblanadi.