Qarorga muvofiq, tadbirkorlarning yuklarini ko‘rik uchun yo‘naltiriladigan omborlarda saqlash xarajatlari 60 mlrd so‘mgacha qisqartiriladi.
Olib kirilayotgan fitosanitar xavf darajasi o‘rta tovarlar nazoratiga vaqt sarfi o‘rtacha 3 ish kunidan 1 ish kuniga qisqartiriladi.
2026 yil 1 avgustdan karantindagi mahsulotlar fitosanitariya nazoratini amalga oshirishda xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmi joriy qilinadi.
Xavflarni boshqarish tizimi “E-Fitouz” elektron portalida shakllantiriladi hamda Bojxona qo‘mitasining “Yagona darcha” BAT bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilinadi.
Shuningdek, 2026 yil avgustdan sinov tariqasida meva-sabzavotlarga ixtisoslashgan ayrim tumanlarda mahsulotlarni yetishtirishdan eksportgacha fitosanitar nazoratni amalga oshirishda jamoatchi inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2029 yil 1 yanvardan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti faqat agrologistika markazlari orqali amalga oshiriladi.