ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.05.2026 yildagi 250-son

Nizom Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish tartibini belgilaydi.
 
Nizomga ko‘ra, xalqaro olimpiadada 14-18 yoshdagi chet elda istiqomat qiluvchi vatandosh bo‘lgan maktab o‘quvchilari yakka yoki jamoaviy tarzda ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.
 
Xalqaro olimpiada har yili oktyabr oyigacha 2 bosqichda (test topshiriqlari va yozma ish shaklida) o‘tkaziladi.
 
Ishtirokchilar jamoaviy yoki yakka tartibda offlayn va onlayn shaklda ishtirok etishlari mumkin.
 
Xorijiy davlat terma jamoalari tarkibi 6 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat bo‘ladi.
 
1 ta davlatdan 3 tagacha terma jamoa ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
 
1-bosqichda (test) ishtirokchilar umumiy 50 ball bilan baholanadigan 30 ta test topshiriqlarini bajaradilar.
 
2-bosqichda (yozma ish) ishtirokchilar Hakamlar hayʼati tomonidan taqdim etilgan 5 tagacha yozma ish (esse) mavzulari orasidan qurʼa tashlash yo‘li bilan tanlangan 1 ta mavzu asosida ijodiy ish yozadilar.
 
Olimpiada g‘olib va sovrindorlari oltin, kumush, bronza medallari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.