ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.05.2026 yildagi 245-son

Nizomga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar obyektlarining foydalanuvchilari bo‘lishi mumkin.
 
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosi, shuningdek oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar maxsus ruxsatnoma asosida haq evaziga yig‘iladi va tayyorlanadi.
 
Fanlar akademiyasi mazkur xomashyo va o‘simliklarni maxsus foydalanish tartibida yig‘ish va tayyorlash zaxirasini aniqlaydi.
 
Bunda yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan yerlarning umumiy maydoni 0,1 gektardan, o‘t qoplamasi 10 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.
 
Fanlar akademiyasi har yili 15-aprelgacha tuman (shahar) kesimida tegishli zaxiralar to‘g‘risidagi xulosani Ekologiya qo‘mitasiga taqdim etadi.
 
Yovvoyi o‘simliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi har yili 10-maygacha Ekologiya qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.