ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.05.2026 yildagi PQ-172-son

Qarorga ko‘ra, To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi Adliya vazirligi tashkiliy bo‘ysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Agentlik direktori adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 1 nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.

Agentlik to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida belgilangan asosiy vazifalariga muvofiq tegishli funksiyalarni amalga oshiradi hamda huquqlardan foydalanadi.