ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
“Asakabank” aksiyadorlik jamiyatini xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.04.2026 yildagi PQ-149-son

Qarorga ko‘ra, barcha bank amaliyotlari bozor (tijorat) tamoyillari, zamonaviy bank amaliyoti va xatarlarni boshqarish tizimi talablaridan kelib chiqqan holda bankning ichki siyosati asosida amalga oshiriladi.

Bankning asosiy faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan va qo‘shimcha yuklangan har qanday faoliyat turi va vazifalar bajarilishi to‘xtatiladi.

Aktivlar sifatini tahlil qilish natijalarini inobatga olgan holda bank aksiyalarining nominal qiymatini bozor qiymatiga moslashtirishda yuzaga kelgan tafovut uning qo‘shilgan kapitaliga kiritiladi.