ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Sugʻorishda suv yoʻqotishlarini kamaytirish va suv tanqisligining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 05.03.2026 yildagi PQ-79-son

Qarorga ko‘ra, quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi:

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi suv yo‘qotilishi yuqori bo‘lgan 389 km kanallarni rekonstruksiya qilish va betonlashtirish. Bunda:

yiliga o‘rtacha 206 mln metr kub suv resurslarini hamda 26 mln kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish;

sug‘oriladigan 158,4 ming gektar yerlarning suv taʼminotini yaxshilash;

suv tanqisligi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish choralarini ko‘rish.

Sug‘orish tarmoqlarini taʼmirlash (betonlashtirish) ishlari birinchi navbatda, “bir kanal – bir tizim” tamoyili asosida avval betonlashtirilgan yoki betonlashtirish boshlangan kanallardan suv oluvchi tarmoqlarda amalga oshirilishi taʼminlanadi.