ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6012-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 17.02.2026 yildagi PF-27-son

Farmonning 3-ilovasiga (https://lex.uz/docs/4872355#4873199) kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, BMTning vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, BMTning shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan yuborilgan vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaat Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgandan so‘ng 1 kun muddatda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Adliya vazirligiga yuboriladi.

Markaz 1 kun muddatda masʼul davlat organlariga so‘rovnoma yuborib, ulardan vaqtinchalik choralarni amalga oshirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish va zarurat tug‘ilganda, asoslangan tushuntirish taqdim etishni so‘raydi. 

Davlat organlari 3 kun muddatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar yoki amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan tushuntirishni Markazga taqdim etadi.

Markaz ishchi guruh bilan birgalikda yig‘ilgan maʼlumotlar asosida 3 kun muddatda Hukumatning rasmiy nuqtai nazarini shakllantiradi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.

Hukumatning rasmiy nuqtai nazari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2 kun muddatda BMTning shartnomaviy qo‘mitalariga yuboriladi.