ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.02.2026 yildagi 51-son

Ushbu Nizom xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda (texnikum) xalqaro taʼlim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan quyidagi xodimlar uchun mehnatiga haq to‘lash, ustama belgilash va ularni rag‘batlantirish tartibini belgilaydi:

o‘qituvchilar;
ishlab chiqarish taʼlimi ustalari;
texnikum direktori;
bosh buxgalter;
Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari.

Nizomga ko‘ra, ushbu xodimlarning ish haqi miqdorlariga har oylik 100 foizlik ustama Davlat byudjetidan to‘lanadi hamda yillik xarajatlar smetalarini tuzishda shtatlar jadvali va tarifikatsiyalarni shakllantirish jarayonida ularning tarif stavkasiga qo‘shimcha tarzda belgilanadi.

Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga rag‘batlantirish miqdorini belgilash bo‘yicha texnikumda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruhlarning qarori ochiq ovoz berish orqali ishchi guruhlar yig‘ilishlarida ishtirok etayotgan aʼzolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va ishchi guruhlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.