ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-maydagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-242-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.01.2026 yildagi PQ-18-son

Farmonga asosan:

1) Quyidagilar:

Yoshlar ishlari agentligi (Agentlik) Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazilishi;

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar siyosati va sport boshqarmalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari tashkil etilishi belgilandi;

2) Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tegishliligi bo‘yicha Yoshlar siyosati va sport vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi belgilandi;

3) Quyidagilar tasdiqlandi:

Sport vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari;

Sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi;

Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari;

Yoshlar ishlari agentligining tashkiliy tuzilmasi;

4) Tegishincha Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Sport vazirligi hamda uning tizimidagi byudjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini to‘liq saqlab qolgan holda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan byudjetdan tashqari jamg‘arma sifatida faoliyat yuritishi;

sport sohasiga hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan barpo etiladigan yoshlarga oid infratuzilmalar, sport obyektlari va inshootlarining loyiha hujjatlari tegishlicha Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan majburiy ravishda kelishilishi belgilandi.