ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 21.01.2026 yildagi O‘RQ-1115-son

Qonun bilan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga quyidagilarga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi: 

sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslarini belgilash;

ushbu sohadagi vakolatli davlat organining vakolatlarini aniqlashtirish.

Unga ko‘ra, sunʼiy intellekt – insonning bilim va ko‘nikmalariga taqlid qilish, mustaqil o‘rganish, yechimlarni izlash va aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beruvchi texnologik yechimlar majmui.

Insonning huquqi va erkinligiga aloqador bo‘lgan yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqat sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan texnologiyalar asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanish mumkin emas.

Shuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, ularni OAVlar, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish:

maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (41 mln 200 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.