Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Hujjat pasporti
Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 15.01.2026 yildagi O‘RQ-1113-son
Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalash tartibi joriy etilishi belgilandi:
qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;
rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;
tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi.
Mazkur faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya olishda quyidagi miqdorlarda davlat boji undirilishi belgilandi:
qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish faoliyati – BHMning 10 baravari miqdorida;
tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi – BHMning 30 baravari miqdorida.