ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Davlat budjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.12.2025 yildagi PQ-397-son

Qarorga ko‘ra, 2026 moliya yilida:

Davlat byudjeti daromadlari bo‘yicha choraklik prognoz ko‘rsatkichlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan daromad manbalari hamda hududlar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;

prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangandan so‘ng 3 ish kunida tuman va shaharlarning byudjet daromadlari bo‘yicha daromad manbalari hamda choraklar kesimidagi prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tasdiqlanadi;

yuqorida belgilangan daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda kiritilishi mumkin. 

2026 yildan kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjeti daromadlari prognozini hisoblash Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan shaklda amalga oshiriladi.