ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
2026-2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.12.2025 yildagi PQ-393-son

Qarorga ko‘ra, 2026 – 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

qurilish obyektlarini loyihalashda “yashil” texnologiyalarni keng joriy qilish; 

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarining 3,4 trln so‘m mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etish;

ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va obodonlashtirish ishlariga 150 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirish.

Dastur doirasida yangidan boshlanadigan obyektlarni loyihalashtirishda quyidagilardan foydalanish inobatga olinmagan hollarda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi:

energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan;

ekologik toza va energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qurilish materiallaridan foydalanish.

2026 yil 1 yanvardan loyiha qiymati BHMning 6 000 barobaridan yuqori byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash loyihalari Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qamrab olinadi.