ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Ijod maktablari faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.12.2025 yildagi 797-son

Nizom Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish hamda faoliyatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, ijod maktablarida taʼlim – tarbiya jarayoni 7–11-sinflarda amalga oshiriladi.

Bir sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafardan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘quv haftasi 5 kun davom etadi. Bunda ijod maktabi Pedagogik kengash qarori asosida 6 kunlik o‘quv haftasiga o‘tkazilishi mumkin. 

Ijod maktablari bitiruvchilariga davlat namunasidagi taʼlim to‘g‘risidagi hujjat beriladi.

O‘quvchilar Agentlik tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasidagi fanlardan yillik summativ baholashdan muvaffaqiyatli o‘tganda, ijod maktabi direktorining buyrug‘i bilan keyingi sinfga o‘tkaziladi.