ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 18.12.2025 yildagi PF-252-son

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan Hisob palatasi faoliyati har 5 yilda kamida 1 marotaba tashqi baholashdan o‘tkaziladi.

Hisob palatasi faoliyati quyidagi shartlarda tashqi baholashdan o‘tkaziladi:

organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI) va boshqa xalqaro darajada tan olingan tashkilotlar metodologiyalari asosida;

kelishuv doirasida xalqaro tashkilotlar yoki xorijiy davlatlarning oliy audit organlari tomonidan;

mustaqil baholash jarayonini tashkil etish, faoliyati bo‘yicha barcha maʼlumotlarni taqdim etish, natijalarini jamoatchilik uchun eʼlon qilish.

Hisob palatasiga quyidagi auditlarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat etiladi, jumladan:

xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari murojaatlari va texnik topshiriqlari asosida ularning mablag‘lari hisobidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyaviy auditi;

xalqaro tashkilotlarning tanlovlarida ishtirok etish yoki o‘zaro kelishuvlar orqali ularning faoliyati, loyihalari va dasturlari auditi.

Farmonga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishdan boshlab, loyihalarni foydalanishga topshirishga qadar barcha jarayonlar to‘liq raqamlashtiriladi. Bunda:

rivojlantirish dasturlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Kapital qo‘yilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimida elektron shakllantiriladi;

Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish “Shaffof qurilish” platformasida amalga oshiriladi;

buyurtmachi va pudratchilar o‘rtasida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalarni kelishish “Shaffof qurilish” platformasida ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida “Kapital qo‘yilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi.

2026 yil 1 iyuldan avtomobil yo‘llari qurilish jarayonlari doirasida kosmik tasvirlar va dronlar yordamida qurilish hamda moliyalashtirish hajmlarini solishtirish asosida monitoring qilinadi.

2026/2027 o‘quv yilidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida taʼlim yo‘nalishi shaklida Davlat auditi oliy maktabi tashkil etiladi.