ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.11.2025 yildagi 700-son

Nizomga ko'ra, pochta va kurerlik jo'natmalarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan tovarlar bojxona nazoratidan o'tkazilishi kerak.

Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi tomonidan pochta va kurerlik jo'natmalari bojxona ko'zdan kechiruvi hamda bojxona ko'rigini o'tkazish uchun bojxona organlariga taqdim etiladi.

Ushbu jo'natmalar orqali olib kiriladigan va yuboriladigan tovarlar bojxona nazoratida tashish shartlariga rioya etgan holda manzil bojxona postiga yetkaziladi.

Jo'natmalarni tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish, saqlash va boshqa shu kabi yuk operasiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlar pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi hisobidan qoplanadi.

Pochta va kurerlik jo'natmasi bojxona organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo'llagan holda “qizil”, “sariq” va “yashil” yo'laklar orqali ro'yxatga olingan jo'natmalar deklarasiyasi asosida bojxona nazoratidan o'tkaziladi.