ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Qoraqalpogʻiston Respublikasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 03.11.2025 yildagi PQ-332-son

Qarorga ko'ra, Xo'jayli tumanida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi tashkil etiladi.

Markaz hududida IT universitet, startaplar texnoparki va ularni qo'llab-quvvatlash innovasion guruhlari, yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo'lga qo'yiladi.

Shuningdek, qurib foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha obyektlari Investor tomonidan tegishli davlat organlari tasarrufiga beg'araz o'tkazib beriladi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida davlat muassasasi shaklida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasi tashkil etiladi.