ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish orqali ularning bino va inshootlari oʻrnida biznes loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.10.2025 yildagi 668-son

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida” 2025 yil 1 apreldagi PQ–132-son qaroriga muvofiq:

tegishli tuman (shaharlar)ning 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturlari;

bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Yangi maʼmuriy binolar foydalanishga qabul qilingandan so‘ng ularning 1 va 2-qavatlari ustuvor ravishda savdo va servis faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga beriladi.

Tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi maʼmuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida:

buyurtmachilar etib – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilandi;

bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Bunda yangi maʼmuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini 2026 yil 1 dekabrga qadar yakunlash belgilab qo‘yildi.